Chust tumani IIB tezkor guruhi xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumotga asosan, shu tumanda yashovchi fuqaro oʻziga qarashli dala maydonida giyohvand oʻsimlik yetishtirayotgani bildirilgan. Aytilgan maydon tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan koʻzdan kechirilganda haqiqatan ham ekinzor oralarida 3 ming tup kannabis oʻsimligiga oʻxshash koʻkimtir va oʻtkir hidli oʻsimliklar parvarish qilinayotgani aniqlandi. Xolislar ishtirokida oʻsimlikdan namunalar olib, Namangan viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari tomonidan ekspertiza qilindi. Ularning xulosasiga koʻra, oʻsimliklar tarkibida giyohvand modda borligi tasdiqlandi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Chust tumani IIB huzuriagi Tergov boʻlinmasi tomonidan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Oʻz muxbirimiz,
Namangan viloyati.
