YPX inspektori tomonidan toʻxtatilgan “Damas” haydovchisi qidiruvda ekan

Joriy yilning 21-dekabr kuni Ohangaron tumani Yalpoqtepa mahalla fuqarolar yigʻinida xizmat olib borayotgan YPX inspektori D.Abdurazoqov yoʻl chiziqlari talabiga boʻysunmagan "Damas" rusumli transport vositasini toʻxtatadi. 

U haydovchiga chora koʻrish maqsadida maʼlumotlarni planshetga kiritganda, fuqaro Toshkent viloyatida yashovchi, 1997 yilda tugʻilgan X.Q. ekanligi maʼlum boʻldi. Bundan tashqari, haydovchiga nisbatan jinoyat sodir etib, tergov organlaridan yashirinib yurgani sababli Toshkent viloyati IIB tomonidan qidiruv eʼlon qilinganligi ham oydinlashdi.

Qidiruvdagi shaxs Ohangaron tumani IIBga topshirildi.

Toshent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati.