Yaqinda IIV Malaka oshirish institutida tahsil olayotgan tinglovchi xodimalar ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda soʻzga chiqqanlar yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, oʻz burchiga sodiq, haqiqiy vatanparvar osoyishtaligimiz posbonlarini tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishish toʻgʻrisida batafsil taʼkidladi.

Shuningdek tadbirda oʻquv jarayonida amal qilinishi lozim boʻlgan tartib-intizom, formali kiyim-bosh kiyish hamda odob-axloq qoidalari boʻyicha keng tushunchalar berildi.

Mazmunli oʻtgan ushbu kecha davomida tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga ham atroflicha javob qaytarildi.

Oʻz muxbirimiz.