Buxoro davlat universiteti majlislar yigʻingohida “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish” mavzusida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Seminar-oʻquv mashgʻulotda 400 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilar, talabalar va ishchi-xizmatchilar hamda Oʻzbekiston Respublikasi FVV Seysmoprognostik monitoring markazi boshligʻi oʻrinbosari S. Nabiev, Markazning Gʻarbiy partiya boshligʻi X. Boʻriboev, FA Seysmologiya instituti innovasion laboratoriya mudiri I. Alimuxamedov va Buxoro viloyat FVB axborot-tahlil xizmati boshligʻi, kapitan E. Murodovlar ishtirok etishdi.
Seminar mashgʻulotda Seysmoprognostik monitoring markazi boshligʻi oʻrinbosari S. Nabiev soʻzga chiqib, mazkur qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini slaydlar namoyishi bilan tushuntirib, qatnashchilarning savollariga javob berdi. Seysmologiya instituti innovasion laboratoriya mudiri I. Alimuxamedov qonundagi Oʻzbekiston maʼmuriy-hududiy birliklari, hududning seysmik xavfsizlikni taʼminlash obʼektlari, seysmik xavfli hududlar, zilzila tushunchasi, uning magnetudasi, bali haqida tushuncha berib oʻtdi.
Shuningdek, seminar qatnashchilarining savollariga ishtirokchilar javob berishdi.
F. BOLTAYEV.
Buxoro viloyati.
