Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida giyohvandlik, psixotrop hamda tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar boʻlgan vositalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashishda tezkor qidiruv tadbirlari samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Jinoyat qidiruv, huquqbuzarliklar profilaktikasi, patrul-post, yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari ishtirokida tashkil qilingan tadbirda Ichki ishlar vazirligi masʼullari tomonidan narkotik moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish borasida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etishga oid tajriba va uslublar haqida atroflicha maʼlumotlar berildi. 

Oʻz muxbirimiz.