Xorazm viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Xiva tumanida joylashgan dorixona sotuvchisi Z.Q. 17 konvalyuta “Benzonal” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini qonunga xilof ravishda 500 ming soʻmga sotayotgan vaqtida qoʻlga olindi. Shuningdek,tezkor tadbir davomida dorixona koʻzdan kechirilganida, yana 2 konvalyuta ushbu nomdagi dori vositasi borligi aniqlandi.
IIV JQBB va viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan hamkorlikdagi tezkor surishtiruvlar davomida Shovot tumanida joylashgan dorixona sotuvchisi X.Oʻ. ham 15 konvalyuta “Benzonal” kuchli taʼsir etuvchi dori vositasini 500 ming soʻmga sotayotgan paytida ushlandi. Shundan soʻng, dorixona xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, peshtaxta tagida yana 10 konvalyuta xuddi shu nomdagi dori vositasi borligi maʼlum boʻldi.
Hozirda mazkur holatlar boʻyicha qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
