Jizzax viloyati Doʻstlik tumani IIB hududida vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. “XXI asr bunyodkori” qurilish korxonasi tomonidan barpo etilgan mazkur binoda 25 nafar shaxsga moʻljallangan 6 ta kamera mavjud. Shuningdek, tergov, advokat, tibbiyot, ovqatlanish xonalari hamda sayr maydonchasi tegishli tartibda jihozlangan. VSH xodimlarining xizmat xonalari ham zamon talablariga mos. 

Bundan tashqari saqlanayotgan shaxslar yaqinlari bilan uchrashishlari uchun sharoit yaratilgan. Yuvinish va kiyimlarni yuvish masalalari ham eʼtibordan chetda qolmagan. Qisqasi, bino xalqaro talab va meʼyorlar asosida bunyod etilgan. Hibsxona hududi kuzatuv qurilmalari bilan toʻliq qamrab olingan.   

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.

Jizzax viloyati.