Ijtimoiy tarmoqlarda oʻz xatti-harakatlari bilan “driftchi” deb nom qozongan yigit endi qonun oldida javob berishga majbur.
Gap shundaki, yosh yigit avtomashinasida keng koʻchada har xil tryuklar bajarib qoʻl telefoni orqali tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.
Izohlarda kimdir uni maqtab izoh qoldirgan boʻlsa yana boshqalarning haqli eʼtiroziga sabab boʻldi.
Toʻgʻrida, uning bu koʻcha bezoriligi jiddiy halokatga sabab boʻlishi mumkin edi. Tez orada shovvozning transport vositasi vaqtincha saqlash maydoniga qoʻyildi-yu, biroq yigitcha YPX xodimlaridan qochib yurdi. Ammo hech qaerga bora olmasligini tushunib yetganida afsuslar ichida qoldi.
Qoidabuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 128-moddasining tegishli bandlariga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, maʼlum muddatga haydovchilik huquqidan mahrum etildi.
Oʻz muxbirimiz,
Navoiy viloyati.
