13-23-sentabr kunlari Maldivda Ayollar klublari oʻrtasida voleybol sport turi boʻyicha Markaziy Osiyo kubogi musobaqalari tashkil etildi. Musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Namangan viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati batalʼoni xodimasi, safdor Durdona Baxtiyorova ham ishtirok etdi. Asosiy tarkibga oʻtgan jamoamizga 2-oʻrin nasib etdi. 

Durdona Baxtiyorova 2001-yilda Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. Namangan Davlat universitetining jismoniy madaniyat fakulʼtetini tamomlab, 2023-yilda ichki ishlar organlari safiga ishga qabul qilingan. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Durdona faoliyatda ham yaxshi koʻrsatkichlarga erishib kelmoqda. Ayni kunlarda u poytaxtda boʻlib oʻtadigan milliy liga oʻyinlarining 5-tur musobaqalariga tayyorgarlik koʻrmoqda.

G. Buvamirzayeva,

oʻz muxbirimiz, 

Namangan viloyati.