Firibgarlar shirinsoʻz, xushmuomala, saxovatli insonlardek koʻrinishsa-da, qalbi makr va hiylaga toʻla boʻladi.
Urganch tumanida yashovchi B. O tuman hududidagi “Oq oltin” massivida joylashgan davlat zaxirasidagi 2500 metr kvadrat tomorqa yer maydonini P.U.ga koʻrsatib, kelgusida mazkur hududda turar joy imorati qurishi mumkinligini aytadi. Firibgarning bu taklifi P.U.ga maʼqul boʻladi.
Bu yerda bir narsa, qingʻir ishning oxiri voy boʻlishi unutiladi. B.O. ushbu yer maydonini 120 million soʻmga sotishini aytib, oldindan 3000 AQSh dollari hamda 16 million soʻm pulni olgan vaqtida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy-dalillar bilan qoʻlgan olindi.
Ayni kunda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
Xorazm viloyati.
