Avval xabar berganimizdek, ichki ishlar organlari va boshqa tashkilotlar nomonidan joylarda tashkil etilayotgan atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida bir qator qonunbuzarliklar aniqlanmoqda.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boyicha Guliston shahar inspeksiyasi inspektorlari hamda viloyat IIB PPX va JTSB hodimlari bilan birgalikda oʻtkazgan navbatdagi tadbirda Guliston shahrida yashovchi fuqaro A.R. tomonidan har hil turdagi chiqindilarni tashlaganligi aniqlandi. Unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi nazorat inspeksiyasi inspektorlari, IIB PPX va JTSB xodimi katta serjant A.Qodirov hamda Guliston tumani Ekologiya inspeksiyasi inspektorlari tomonidan Guliston tumanida joylashgan 13-sonli B.M.S.M. hududidagi bir dona qurib qolgan terak daraxtini shu hududga javobgar xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari fuqaro B.B tomonidan hech qanday ruxsatnomasiz kesib tashlaganlik holati aniqlandi. Unga nisbatan Oʻzb.Res.MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan bazaviy xisoblash miqdorining 5 barobari (1.350 000 soʻm) miqdorida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
