Uning uyali aloqa telefoni xotirasidan ekstremistik va terroristik tashkilotlarga tegishli maʼlumotlar, aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan audio hamda video maʼruzalar, videoroliklar topildi.

IIV Akademiyasini muvaffaqiyatli tamomlagan leytenant Quvondiq Qurbonov Hazorasp tumani IIB HOOB militsiya tayanch punkti profilaktika inspektori lavozimida xizmat faoliyatini boshladi. Kasb sir-asrorlarini puxta egallashga intilgan bu yigit ustozlarining maslahatlariga quloq tutdi, bilmaganlarini soʻrab oʻrgandi. Kunduzgi profilaktik tadbirlar, tungi navbatchilik bu sohani yanada chuqurroq oʻrga­nishda muhim omil boʻldi. Yurt tinchligi, xalq osoyishtali­gini taʼminlashdek gʻoyat sharafli ishga oʻzining munosib hissasini qoʻshishga ahd qilgan Quvondiq tuman hududida sodir etilgan jinoyatlarni «issiq izida» fosh etishda hamda qonun ustuvorligini taʼminlashda faol ishtirok etdi. Xizmatda samarali natijalarga erishayotgan yosh, gʻayrat-shijoatli profilaktika inspektori tuman hamda viloyat IIB rahbariyatining ishonchini qozondi. Hamkasblarining hurmat-eʼtiboriga sazovor boʻldi. Shundan soʻng u Hazorasp tumani IIB 7-son IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish guruhi tezkor vakili, jinoyat qidiruv guruhi katta tezkor vakili, viloyat IIB JQB uyushgan jinoyatchilikka va qurol bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boʻlinmasi katta tezkor vakili lavozimlarida samarali xizmat qildi. Ayni kunda mayor  Q. Qurbonov Tuproqqalʼa tumani IIB TQX Terrorizmga qarshi kura­shish guruhi katta tezkor vakili. 

– Tezkor xizmatning oʻziga xos murakkabliklari, mashaqqatlari bor, – deydi tuman IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari, mayor Chingiz Ibragimov. – Mayor Quvondiq Qurbonovni esa shu sohaning hadisini olgan xodimlardan biri, desam xato qilmagan boʻlaman. Chunki u shu sohada uzoq yillar samarali xizmat qilib, boy tajriba toʻpladi, koʻplab jinoyatlarni fosh etdi. 

Shuningdek, Tuproqqalʼa tumani hududida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida «Navbahor» mahallasida yashovchi M. A.ni sof ogʻirligi 

3,73 gramm boʻlgan marixuana giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda sotgan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlagan.

Oʻzining kasbga boʻlgan sadoqati bilan el nazariga tushgan lavhamiz qahramonining uzoq yillik samarali xizmati munosib baho­landi. Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida mayor Quvondiq Qurbonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

– Bu yuksak mukofot meni yanada gʻayrat-shijoat bilan xizmat qilishga undaydi, – deydi mayor Q. Qurbo­nov. – Xizmat vazifamiz qanchalik mashaqqatli boʻlmasin, yurt tinchligini taʼminlashdan-da, sharafliroq vazifa yoʻq. Shunday ekan, xalqimiz oso­yishtaligiga tahdid soluvchi har qanday gʻaraz niyatli kimsalarning pinhoniy rejalarini amalga oshirishlariga yoʻl qoʻymaymiz. Zero, Vatan tuprogʻi muqaddas, mehnatkash xalqi esa aziz va muhtaramdir.  

Xudoybergan JABBOROV,

oʻz muxbirimiz.

Xorazm viloyati.