Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida tuman hududida oʻtkazilgan tadbirlar davomida 6 437 ta turli huquqbuzarliklar aniqlanib, 77 ta jinoyat fosh etilgan. Tergov va sud organlaridan qochib yurgan 

15 nafar qidiruvdagi shaxs qoʻlga olinib, huquq-tartibot organlariga topshirilgan. Shuningdek, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda 162 ta nizoli oilalarning turmush sharoiti oʻrganib chiqilib, 45 ta yosh oilaning ajrashib ketishiga, 25 ta qoʻni-qoʻshnilarning notinchligiga barham berilgan.

Tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi xodimlarining profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikdagi saʼy-harakatlari natijasida 3 718 nafar fuqaro­ning pasport-viza qoidalariga amal qilmaganligi aniqlandi. Qoidabuzarlarga belgilangan tartibda maʼmuriy choralar koʻrilgan.  

Tumandagi 3-sektor hududida 11 ta mahalla mavjud boʻlib, 41 748 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida sektor hududi «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyili asosida toʻla oʻrganib chiqilib, aniqlangan muammo va kam­chiliklar imkon darajasida bartaraf etildi, ayrimlarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari koʻrilmoq­da. 

Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oilalarga amaliy yordam koʻrsatilmoqda. Fuqarolar ish bilan taʼminlanib, tadbirkorlikka jalb etilyapti. Yoʻl va koʻpriklar taʼmirlanmoqda. Qishloq xoʻjaligining barcha tarmoqlarini islohotlar talablari darajasida rivojlantirish choralari koʻrilyapti. Shuningdek, nogironligi boʻlgan hamda boquvchisini yoʻqotgan fuqarolarning turmush tarzidagi mavjud muammolarga yechim topish, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida profilaktik tadbir samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 

Xudoybergan JABBOROV,

oʻz muxbirimiz.

Xorazm viloyati.