Oqoltin tumanidagi Yangi hayot mahallasida Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Shuhrat Boʻronovning navbatdagi sayyor qabuli va yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. 

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvda fuqarolar tomonidan ish bilan taʼminlash, imtiyozli kredit olish, subsidiya asosida uy olish, sud tomonidan tayinlangan jazoni oʻzgartirish, harbiy xizmatga borish uchun shartnoma pulini toʻlab berish, mahallaga oqar suv olib kelish kabi masalalar koʻtarildi. Eʼtiborlisi, murojaatlarning aksariyati shu joyning oʻzida yechimini topdi. 14 ta murojaat qanotlantirilgan boʻlsa, 27 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi. 

Kunning ikkinchi yarmida mahalla yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda yoshlarning fikr va mulohazalari, takliflari tinglandi. Oʻzaro ishonch, yuqori kayfiyatda oʻtgan uchrashuvda yoshlarning koʻplab muammo va takliflarining yechimiga yoʻl ochib berildi. 

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

“Postda” muxbiri.

Sirdaryo viloyati.