Sirdaryo viloyatida "Qoradori-2023" operatsiyasi oʻtkazilmoqda. Unda viloyat IIB JXX JTSB Kinologiya boʻlimi ham ishtirok etayapti. Eʼtiborlisi, izlanishlarga Kinologiya boʻlinmasining maxsus oʻrgatilgan "Emma", "Gerda", "Reks" laqabli zotdor itlari ham jalb qilingan. Ular ayni kunlarda Sirdaryo viloyatining "Sayxun" blok-postida xizmat vazifasini oʻtashmoqda.
Qayd etish kerakki, ushbu zotdor itlar tajribali inspektor-kinologlar, safdor F.Karimqulov hamda safdor A.Boymurodovlar tomonidan yil davomida har tomonlama tayyorlandi va maxsus koʻrikdan oʻtkazildi.
Operatsiya tafsilotlari bilan gazetamizning keyingi sonlarida tanishishingiz mumkin.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
oʻz muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
