Prezidentning tegishli qaroriga (PQ-99, 23.03.2023y) koʻra, 2023 yil 1 maydan boshlab maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha qoʻllanilgan jarimani ixtiyoriy toʻlash tizimi yanada soddalashtiriladi. Unga koʻra:
✅ huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi;
✅ mazkur tartib sud qarorlariga asosan qoʻllaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
