Viloyat ichki ishlar organlari xodimlari oilalari oʻrtasida «Namunali oila» koʻrik tanlovi oʻtkazildi. Unda viloyat IIBning tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʻlinmalaridan ichki ishlar organlarida kamida 5 yil amaliy ish stajiga ega, oila qurganiga 8 yil toʻlgan, amaldagi intizomiy jazosi boʻlmagan jami 5 ta oila ishtirok etishdi.

Koʻrik-tanlov shartlarini bajarishda ishtirokchilar oʻz isteʼdod va qobiliyatlarini mohirlik bilan namoyish etishdi. Natijalarga koʻra, Angor tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori, kapitan Furqat Quvvatovning oilasi 1-oʻringa, Termiz shahar IIB 1-son IIB navbatchilik qismi katta inspektor–navbatchisi, katta leytenant Farhod Dulanovning oilasi 2-oʻringa, Sherobod tumani IIB JXX HPB ijtimoiy profilaktika katta inspektori, mayor Elmurod Normurodovning oilasi 3-oʻringa munosib koʻrildi. Gʻoliblar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. 

Oʻz muxbirimiz, 

Surxondaryo viloyati.