Andijonda “Eng yaxshi kitobxon” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi. Tanlov natijasiga koʻra, viloyat IIB Ekspert-kriminalistika boʻlimi katta eksperti, katta leytenant Dilbarxon Umarova 3-oʻrinni, Jalaquduq tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori leytenant Rahmatillo Raxmonjonov 2-oʻrinni, viloyat IIB HPB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi psixologi katta leytenant Karimjon Abdurahmonov esa faxrli 1-oʻrinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Gʻolib va sovrindor boʻlgan xodimlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Boris KLEYMAN,
oʻz muxbirimiz.
Andijon viloyati.
