Qashqadaryo viloyati IIB JXX JTSB PPX batalyoni yopiq oʻq otish maydonida ichki ishlar organlarining shahodatlangan ayol va erkak xodimlari oʻrtasida “Eng yaxshi mergan” musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Sohaviy xizmatlar va shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlari xodimlarining murakkab vaziyatlarda qurollardan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada dastlab qatnashchilar bilan jangovar qurollar va maxsus vositalarni qoʻllash, ularning texnik-taktik xususiyatlari, toʻliqsiz qismlarga ajratish hamda yigʻish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Musobaqaning xodimlar oʻrtasida oʻtkazilgan bahslarida Shahrisabz tumani IIB xodimi, mayor Murodjon Mahkamovga teng keladigan mergan topilmadi. Navbatdagi sovrinli oʻrinlar Dehqonobod tumani IIB xodimi, leytenant Shoxruh Jontemirov va Mirishkor tumani IIB xodimi, leytenant Asqarali Choriyevga nasib etdi.
Xotin-qizlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan bahslarda esa birinchi oʻrinni Kitob tumani IIB xodimi, mayor Dilabza Sevinova, ikkinchi oʻrinni boshqarma Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Zarina Kenjaeva, uchinchi oʻrinni Qarshi shahar IIOFMB huzuridagi Tergov boʻlimi tergovchisi, kapitan Maftuna Shokirova band etdi.
Gʻoliblar boshqarma rahbariyatining diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Sherzod BERDIQULOV,
kapitan.
Qashqadaryo viloyati.
