Kitob tumani Varganza mahallasida erta nikohning salbiy oqibatlariga bagʻishlangan profilaktik yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda tuman prokurori, IIB JXX XQMB, Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi, mahalla yettiligi va fuqarolari ishtirok etishdi.
Tadbirda soʻz olganlar erta turmushning yoshlar hayotiga, jamiyatga va oilaviy barqarorlikka salbiy taʼsiri haqida tushuncha berishdi.
Qonunchilikka asosan voyaga yetmaganlarning nikohdan oʻtishi taqiqlanishi, bunday holatlar uchun javobgarlik choralari mavjudligi aniq faktlar asosida izohlandi.
Oʻz muxbirimiz,
Qashqadaryo viloyati.
