Xalqaro Nogironlar kuni munosabati bilan Kosonsoy tumanidagi “Nurli maskan” maktab-internatida tadbir oʻtkazildi.
Namangan viloyati IIB maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi psixologik taʼminlash guruhi psixologi, leytenant Hasanxoʻja Fattohxonov bolajonlar va ustozlarni bayram bilan samimiy qutlab, boshqarma rahbariyatining tabrigini yetkazdi.
Shuningdek, maktab-internatda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar har biri oʻquvchining qalbini quvonchga toʻldirayotganligini alohida taʼkidladi.
Tadbir yakunida oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishida beminnat yordam berib, jonbozlik koʻrsatib kelayotgan bir guruh ustozlarga bayram sovgʻalari ulashildi.
Oʻz muxbirimiz,
Namangan viloyati.
