Yurt tinchligi va osoyishtaligi uchun jonini qurbon qilgan xodimlar hech qachon unutilmaydi. Ularning porloq xotirasi qalblarda mangu yashaydi. Ana shunday mard oʻgʻlonlarning jasorati tufayli xotirjamlik taʼminlanib kelinmoqda. 

Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlari va faxriylari xizmat vaqtida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari hamda olgan tan jarohati natijasida nogiron boʻlib qolgan sobiq xodimlar holidan xabar olishdi. Oʻtganlarni xotirlash, keksalarga hurmat koʻrsatish hamda bunday xayrli ishlarni amlaga oshirish xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan hisoblanadi. 

Oʻz muxbirimiz.

Toshkent shahri.