Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Nukus alohida batalʼoni shaxsiy tarkibi tomonidan donorlik aksiyasi tashkil qilindi.

“Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida oʻtkazilgan mazkur tadbirda harbiy xizmatchilar oʻz ixtiyorlari bilan Nukus shahridagi qon quyish markaziga tashrif buyurib, hayot tomchilarini topshirishdi.

– Maʼlumki, insonlar doimo yaxshilik sari intilib yashaydi, – deydi mazkur batalʼon komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik A.Elov. – Shaxsiy tarkib tomonidan amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar kimningdir sogʻligʻini tiklashga, hayotini uzaytirishga yordam bersa, biz bundan behad xursandmiz. 

Shuningdek, tadbir davomida shifokorlar tomonidan harbiy xizmatchilarga turli tibbiy tavsiyalar berilib, ularni qiziqtirgan savollarga ham batafsil javob qaytarildi. 

Azamat PIRNIYAZOV,

“Postda” muxbiri.