Davlatimiz rahbarining joriy yil 2 noyabrdagi yigʻilishidan soʻng, yurtimiz boʻylab, “Yashil makon” umummilliy loyihasi jadal suratlarda davom etmoqda.
Albatta, bunday saʼy-harakatlar kelgusida atrof-muhit tozaligini saqlash va obodonlashtirishga munosib hissa qoʻshadi.
Bu borada Nukus shahrida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mazkur tadbirlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV xodimlari ham qatnashib, shaharning “Jiydeli-Baysin” makon fuqarolar yigʻini hududiga 500 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtqazishdi.
Shuningdek, bu kabi saʼy-harakatlarda tuman va shaharlardagi barcha ichki ishlar organlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
