Sarhisob
Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida joriy yilning 6 oyi davomida joylardagi tergov boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Tergov boshqarmasi hamda uning shahar-tuman boʻlim va boʻlinmalari tomonidan sarhisob davrida amalga oshirilgan ishlar, faoliyatda erishilgan yutuqlar bilan birga, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar atroflicha tahlil etildi. Faoliyat davomida jazo muqarrarligini taʼminlash, jinoyat ishlarini har tomonlama toʻliq va sifatli tergov qilish, jinoyatning sabablari, sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan choralarni koʻrish tergov idoralarining asosiy vazifasi boʻlishi taʼkidlandi.
Yigʻilish yakunida hisobot davridagi xizmat faoliyati davomida jinoyat ishlari tergovi sifatli oʻtkazilishini taʼminlagan, yuqori natijalarga erishib, hamkasblariga oʻrnak boʻlgan bir guruh tergovchi va surishtiruvchilarga tashakkurnomalar, esdalik sovgʻalari topshirildi.
Sodiq RAHIMOV,
oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati
