Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish, faoliyat davomida yoʻl qoʻyilgan xato-kamchiliklar muhokamasiga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.   

Yigʻilishda boshqarma MMI va KBTX boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Gʻulom Isamov, IIV ShXBB Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi masʼul xodimi ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqqanlar ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan shahodatlangan xodimalarning erishgan yutuqlari bilan bir qatorda ular tomonidan xizmat faoliyati davomida yoʻl qoʻygan xato-kamchiliklarini atroflicha tahlil qilishdi. 

Xizmat faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishib, hamkasblariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir nechta xodimalar boshqarma rahbariyatining tashakkurnomasi va sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Zarina Kenjayeva,

podpolkovnik

Qashqadaryo viloyati