Yangihayot tumani hokimi, tuman IIOFMB boshligʻi, masʼul rahbarlar hamda mahallalardagi profilaktika inspektorlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilish kun tartibida bir qator dolzarb masalalar koʻrildi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Bundan tashqari, profilaktika inspektorlarining ish samaradorligi tahlil qilinib, faoliyatida sustkashlikka yoʻl qoʻygan xodimlar tanqid ostiga olindi. Shuningdek, tadbir yakunida xizmat vazifasini namunali bajarayotgan bir qator xodimlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
