Namangan viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari, polkovnik Nizom Hubbimov rahbarligida Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda joriy yilning oʻtgan davrida amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar chuqur tahlil qilinib, ularning sabablari muhokama qilindi. Ayniqsa, mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish va ijtimoiy muhitni barqaror saqlash borasidagi faoliyatga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻz muxbirimiz, 

Namangan viloyati.