Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi va tuman qoʻriqlash boʻlimlarida faoliyat yuritayotgan ayol xodimalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir doirasida faol, tashabbuskor va fidokor ayol xodimalar bir joyga jam boʻlib, xizmat faoliyati yuzasidan ochiq fikr almashdilar. Vu haqida Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi Axborot xizmati xabar qiladi.

Qayd etilishicha, unda ayol xodimalarning xizmatdagi faoliyati, erishayotgan yutuqlari va kasbiy rivojlanishi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Ularning boshqarma va boʻlimlardagi oʻrni, yaratilayotgan imkoniyatlar va qulay mehnat sharoitlari munosib eʼtirof etildi. Shuningdek, ayol xodimalarning oʻz sohasida namunali xizmat qilayotgani va jamoada hurmat-eʼtiborga sazovor ekani taʼkidlandi.

Tadbir davomida ayol xodimalar xizmatdagi yutuqlari, kasbiy oʻsish yoʻnalishida olib borayotgan ishlari bilan oʻrtoqlashdilar. Ularning fidoyiligi, tashabbuskorligi va faolligi yuksak baholandi.

Ayol xodimalarning jamoada tutgan oʻrni, tashabbuslari va xizmatga boʻlgan munosabatlari har doim qoʻllab-quvvatlanishi alohida qayd etildi.