Iqboljon Kuylanov ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyatini 2007-yilda Andijon viloyati IIB PPX va JTSB kinologiya xizmatida kichik inspektor-kinologi sifatida boshlagan.

2019-yilda Andijon viloyati IIB nazorat-oʻtkazish punktining safdor xodimi etib tayinlandi. Shundan buyon xoʻjalik boʻlimi va moddiy taʼminlash xizmati qoʻriqlash guruhining safdor xodimi, kichik serjant Iqboljon Kuylanov nazorat-oʻtkazish punktida xizmat qilmoqda. Uning vazifalariga xizmat guvohnomalarini tekshirish, vaqtinchalik ruxsatnomalar berish va atrofdagi hududni qattiq nazorat qilish kiradi.

Xizmat yillari davomida u bir qancha munosib shogirdlarni tarbiyaladi.

– Xizmatda asosiysi alohida eʼtibor, intizom va masʼuliyat, – deydi kichik serjant I. Kuylanov.– Xodimlarni obyekt ish tartibiga muvofiq nazorat-oʻtkazish punkti orqali belgilangan namunadagi xizmat guvohnomasi bilan obyekt hududiga kiritish va chiqarish kerak. Taqdim etilgan hujjatning barcha elementlarini diqqat bilan tekshirish lozim.

Men oʻz ishimni yaxshi kuraman. Doimo oldinga intilishga va kasbiy mahoratimni oshirishga harakat qilaman.

Boris KLEYMAN,

oʻz muxbirimiz.