Fargʻona shahrida “Xavfsiz shahar” tezkor-profilaktik tadbirlari oldidan tashkil etilayotgan yoʻriqnomalar bevosita jamoat joyida, aholi ishtirokida oʻtkazildi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Yoʻriqnoma shaharning eng gavjum koʻchasida, bevosita aholining koʻz oʻingida tashkil etildi. Shundan soʻng viloyat prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya hamda davlat soliq boshqarmasi tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatlarni “mahallabay” jilovlash boʻyicha imzolangan qoʻshma qaror doirasida shu kuni tezkor-profilaktik tadbirlarga kirishildi.
Tadbirlar davomida “qizil” toifaga kiruvchi kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarda jinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Bunda mahalla hududining joylashuvi, aholining tarkibi va mentaliteti, ijtimoiy-siyosiy qarashlari va moddiy ahvolini inobatga olgan holda ish olib borilmoqda.
Tadbirlarda jamoatchilik vakillari ham faol ishtirok etyapti.
Abduvosit SIDIQOV,
oʻz muxbirimiz.
Fargʻona viloyati.
