Fargʻona viloyati IIB rahbariyati tomonidan olis va chekka hududlarda sayyor qabullar muntazam ravishda oʻtkazilayotgani, muammolarni joyida bartaraf etish orqali aholining minnatdorligiga sabab boʻlmoqda.
Masalan, Dangʻara tumani madaniyat markazida tashkil etilgan ommaviy sayyor qabulda ham 14 nafar fuqarolarning murojaatlari atroflicha oʻrganib chiqildi.
Eʼtiborlisi, murojaatlarning 5 tasi shu yerning oʻzida ijobiy hal etildi, 3 tasi yuzasidan malakali huquqiy maslahatlar berildi. Koʻrib chiqish muddat talab etadigan 6 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi.
Bir soʻz bilan aytganda, oʻtkazilgan sayyor qabul chekka hudud aholisini behad xursand qildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati
