Fargʻona viloyati hududida kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish maqsadida “Zarbdor qirq kunlik” maxsus-profilaktik tadbirlari boshlandi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan Fargʻona shahrida tashkil etilgan yoʻriqnomada viloyat IIB boshligʻi, general-mayor Azizbek Ikramov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov hamda tegishli mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi.

Xalqimizga munosib xizmat qilish, fuqarolarning tinch va osoyishta hayotini taʼminlash, huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularni oʻgʻirlik va firibgarlik jinoyatlaridan ogohlantirish, “qizil” toifadagi hududlarda jinoyatchilikni jilovlash, yoʻllarda harakat xavfsizligi taʼminlash eng ustuvor vazifa ekanligi qayd etildi.

Maxsus-profilaktik tadbirlarga bir paytning oʻzida barcha shahar-tumanlarda start berildi va xodimlar xizmat jalb qilindi. Ayni paytda tadbir uyushqoqlikda davom etmoqda.

Abduvosit SIDIQOV,

oʻz muxbirimiz.

Fargʻona viloyati.