Sirdaryo viloyati IIB va uning quyi tuzimlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 26 martdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni mohiyatini oʻrganish va keng targʻib qilish boʻyicha qator tadbirlar oʻtkazilmoqda. Jumladan, Guliston shahri, Mirzaobod, Boyovut, Sirdaryo tumanlarida boʻlib oʻtgan yigʻilishlar farmonning ahamiyatiga bagʻishlandi.

Oʻtkazilayotgan yigʻilishlarda farmonga muvofiq ichki ishlar organlarining ayrim tuzilmalari samaradorligi hamda ichki ishlar organlari xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish borasida kiritilayotgan oʻzgartishlarga yuqori baho berilmoqda. Bu oʻzgartishlar jamoat xavfsizligini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda ijobiy samara berishi eʼtirof etilayotir. Shuningdek, farmon ijrosi yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan bajariladigan vazifalar, chora-tadbirlar belgilab olinmoqda. 

Abdurahmon MUSTAFOQULOV, 

“Postda” muxbiri.

Sirdaryo viloyati