Navoiy viloyati Qiziltepa tumanilik I. Farmonov ham oilasi bagʻriga qaytdi. Viloyat IIB JXX Probatsiya boshqarmasi xodimlari hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda uning xonadoniga borib, moddiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishdi. Suhbat asnosida unga kelgusida foydalanishi mumkin boʻlgan huquqlari tushuntirildi. 

– Jazoni oʻtash davrida ozodlikning qadriga yetdim. Meni afv etganliklari uchun Prezidentimizdan cheksiz minnatdorman. Endi halol mehnat qilib, jamiyatda oʻz oʻrnimni topaman, – deydi I. Farmonov. I. Akbarov giyoh­vandlik vositalari savdosiga arala­shib qolgani sabab jazo oʻtayotgan edi. Bayram arafasida Yurtboshimizning Farmoni bilan ozodlikka chiqdi. Xatosini anglab yetgani uning koʻzlaridan bilinib turardi.

Navbahorlik Sh. Ma­marasulov ham davlatimiz tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosatidan bebahra qolmadi. Unga tuman IIB probatsiya guruhi xodimlari hayot­ga mosla­shishida har tomonlama koʻmaklashishmoqda. Jumladan, roʻzgʻor uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Mabodo kelgusida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan boʻlsa, bankdan qanday qilib imtiyozli subsidiya olishi borasida yoʻl-yoʻriqlar koʻratildi. 

Oʻylamizki, afv etilgan yurtdoshlarimiz kechirimlilikning qadriga yetib, yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, oʻzlariga bildirilgan ishonchni oqlaydilar.  

Mahliyo XOLOVA,

oʻz muxbirimiz.