Farzand tarbiyasida bolaga mehr koʻrsatishning nechogʻlik ahamiyatli ekanini barchamiz bilamiz. Shuningdek, davlatimiz tomonidan ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Prezidentimizning 2018-yil 14-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrsida”gi qaroriga asosan, harbiylarning farzandlari bunday baxtga muyassar boʻlishmoqda.

Jumladan, “Buxoro” xalqaro aeroporti xavfsizligini taʼminlash alohida batalyoni harbiy xizmatchilari farzandlari respublikamizning oliy oʻquv muassasalariga davlat granti asosida har yil oʻqishga kirishyapti. Yaqinda ana shunday baxtga muyassar boʻlgan 9 nafar harbiy xizmatchilarning farzandlari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy kecha tashkillashtirildi. Tadbirda batalyon komandiri talabalarni qutladi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarga tashakkurnomalar va farzandlariga gul hamda kitoblar jamlanmasi sovgʻa sifatida topshirildi. 

M.AHADOV,

“Postda” muxbiri.

Buxoro viloyati.