– Oilada toʻrt oʻgʻil va uch qiz voyaga yetdik. Rahmatli otam bizga qoʻlidan kelganicha zarur sharoitlarni qilib berdi, qizi­qishlarimizni qoʻllab-quvvatladi. Bunga javoban biz, albatta, yaxshi oʻqib yurtimizga munosib kadrlar boʻlib yetishishimiz shart edi. Hozir ukam, mayor Aktam Samanov ham huquq-tartibot idorasida faoliyat yurityapti, – deydi lavhamiz qahramoni. 

Bahrom bolaligidan tirishqoq, bilimga chanqoq edi. Kitob mutolaasini kanda qilmasdi. Shu bilan birga, sportning futbol, suzish va shaxmat turla­riga nihoyatda ishtiyoqmand oʻsdi. 2001–2005-yillarda Toshkent oliy harbiy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini, 

2023-yilda Jamoat xavfsizligi universiteti magistraturasini tamomladi.

Dastlabki bir necha yillik xizmat faoliyati huquq-tartibot idoralarida oʻtgan qahramonimiz 2018-yildan buyon ichki ishlar organlari safida. U IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsiz­likni taʼminlash qoʻshinlarida turli lavozimlarda xizmat qilgan. Hozirda IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7534-harbiy qism komandirining birinchi oʻrinbosari – shtab boshligʻi lavozimida xizmat qilayotgan podpolkovnik Bahrom Sama­nov tom maʼnoda yurt posboni degan sharafga erishdi. 

Bahrom Samanov baxtli oila sohibi. U turmush oʻrtogʻi, kasbi boʻyicha tibbiyot sohasi vakilasi Feruza Jamgʻurova bilan birga 4 nafar farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazmoqda. Ota-onasidan ibrat olayotgan farzandlar ham allaqachon ilk natijalarini koʻrsata boshlashgan. Jumladan, oilaning toʻngʻich farzandi Bahriddinjon «Tashkent International house» akademik litseyida aʼlo baho­larga tahsil olayotgan boʻlsa, ikkinchi farzandi Maftunaxon poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan Prezident maktabi filiali oʻquvchisi. 

Ishonamizki, tinch, osuda va farovon hayotni taʼminlash yoʻlida namunali xizmat qilayotgan podpolkovnik Bahrom Samanovning farzandlari ham otasi kabi yurtga sadoqatli, barkamol insonlar boʻlib yetishadi.

Abror POYONOV,

oʻz muxbirimiz.