Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasida viloyat IIB Faxriylar kengashi aʼzolari – isteʼfodagi polkovnik J.Sultonova va isteʼfodagi podpolkovnik N.Gʻofurov ishtirokida “Uch avlod” uchrashuvi oʻtkazildi.
Tadbirda faxriylar ichki ishlar organlari tizimini yanada takomillashtirish yoʻlida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, soha xodimlari uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida toʻxtalib, xodimlarda yurtga muhabbat, kasbga sadoqat tuygʻusini mustahkamlash, ularning kasbiy jangovarligi, bilim saviyasini oshirish xususida fikr yuritishdi. Shuningdek, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishi, fuqarolar, mahalliy hamda xorijlik sayyohlar bilan xush muomalada boʻlishi xususida tavsiyalar berildi.
Javlonbek ALLAYEV,
kapitan.
Qashqadaryo viloyati.
