Xorazm viloyatida 11-noyabr – Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonning – yangi kasaba uyushmalari oʻn kunligi” shiori ostida koʻplab tadbirlar oʻtkazilmoqda. Unda viloyat IIB masʼul xodimlari ham faol ishtirok etib, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga munosib hissa qoʻshib kelayotgan ichki ishlar organlari faxriylari xonadoniga borishdi. Unga koʻra, isteʼfodagi kapitan Farhod Bobojonov, isteʼfodagi katta serjantlar Fayzulla Niyozmetov va Rustam Safarboyevga IIVning “Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi faxriysi” koʻkrak nishoni hamda isteʼfodagi mayor Rahimbergan Qalandarov va isteʼfodagi starshina Hayitboy Matchonovga IIV Faxriylar kengashining faxriy yorliqlari, shuningdek, viloyat IIB Birlashgan kasaba uyushmasining esdalik sovgʻalari topshirildi.
Oʻz muxbirimiz.
