Buxoro viloyati IIB Tibbiyot boʻlimining malakali mutaxassislari qamrovga olingan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faxriylari va ularning oila aʼzolarini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazdi. Tibbiy koʻrikdan 56 nafar nafaqaxoʻr oʻtkazilib, shulardan 38 nafariga statsionar sharoitda davolanish va 18 nafariga ambulator sharoitda davo muolajalarini olish tavsiya etildi. Tadbir davomida 21 nafar nafaqaxoʻr statsionar davolanishga yotqizildi.

Shuningdek, Buxoro va Kogon shaharlari, Buxoro va Kogon tumanlariga chiqib ogʻir bemorlar, xizmat vaqtida tan jarohati olib yoki sogʻligi tufayli nogiron boʻlib qolgan 14 nafar I va II guruh nogironlari holidan xabar olindi. Ularga kerakli tavsiyalar berilib, 13 turdagi dori-darmonlar hamda oʻzi yura olmaydigan hamda yurishga qiynaladigan ikki nafar nafaqaxoʻrlarga nogironlik aravachasi va qoʻltiqtayoqlar topshirildi.

Oʻtkazilgan chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik jarayonida funksional diagnostika tekshiruvlari, jumladan, UTT, EKG, rentgenoskopiya va laborator tekshiruvlari ham oʻtkazildi.

A. IKROMOV,  

mayor.

Buxoro viloyati.