Avgust oyi ichki ishlar organlari tizimida “Inson qadri uchun” shiori ostida “Ijtimoiy himoya oyligi” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan Namangan viloyati ichki ishlar organlari tizimida uzoq yillar fidokorona xizmat qilib, bugungi kunda nafaqada boʻlgan hamda yakka-yolgʻiz yashayotgan faxriy ayollar holidan xabar olindi.
Boshqarmaning “Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi” aʼzolari hamda Tibbiyot boʻlimi shifokorlari birgalikda faxriy xodima ayollarning yashash manzillarida ularning salomatligi holatini oʻrganib, tegishli tibbiy tavsiyalar berildi. Shuningdek, moddiy va maʼnaviy koʻmak koʻrsatildi.
Oʻz muxbirimiz,
Namangan viloyati.
