Yurtimiz sarhadlari daxlsizligini mustahkamlash, chekka togʻli qishloqlarda osoyishtalik barqarorligini taʼminlashda davlat chegara qoʻshinlari bilan ichki ishlar organlari xodimlarining hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Bu borada olib borilayotgan keng koʻlamli hamkorlik natijasida chegaralarimiz daxlsizligi taʼminlanib, fuqarolar tinch-osuda umrguzaronlik qilmoqda. 

Davlat chegara qoʻshinlarining viloyatdagi harbiy qismlari bilan hamkorlikdagi namunali xizmati, tezkor va jangovar faoliyatda erishgan yuqori natijalari uchun Qashqadaryo viloyati Kitob tumani IIB TQX JQB tezkor vakili, katta leytenant Sarvar Hamraev Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmondonining “Chegara qoʻshinlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi. 

Abdimannob ALLAYOROV, 

podpolkovnik.

Qashqadaryo viloyati.