Andijon davlat universitetiga hujjat topshirib, oʻqishga kirish harakatlari zoye ketgan Barno Amanova Andijon shahar IIBda ish yurituvchi boʻlib ishlay boshladi. Bir muncha vaqt oʻtgach, viloyat IIB Axborot markaziga operator sifatida oʻtkazildi. Soʻngra katta serjant B. Amanova Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xatlar boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat olib bordi. Oxirgi 20 yil davomida lavhamiz qahramoni viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati xatlar boʻlimi boshligʻi lavozimida xizmat qilib kelmoqda.
Barno Amanovaning ushbu kasbga boʻlgan mehri qizi Karomatxonga ham oʻtgan, bugungi kunda u Andijon viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi xatlar boʻlimi boshligʻi lavozimida xizmat qilmoqda.
– Hujjatlar bilan ishlash doimiy eʼtibor va sabr-toqatni talab qiladi, – deydi Barno Amanova. – Bu yerda xatoga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Hayot bir zumda oʻtib ketdi va men koʻp vaqtimni xizmatda oʻtkazdim, bu mening ikkinchi uyim.
Boris KLEYMAN,
oʻz muxbirimiz.
Andijon viloyati.