Namangan shahar IIOFMB ga Namangan shahrida yashovchi, 1964-yilda tugʻilgan ayol ariza bilan murojaat qilgan. Unda aytilishicha, 2021-yil noyabr oyidan 2022-yil fevral oyigacha Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1997-yilda tugʻilgan ayol uning ishonchiga kirib, xorij davlatidan arzon narxlar evaziga shakar mahsulotlari olib kelib berishini aytib, 35.000 AQSH dollari olgan. Ushbu mablagʻlarni oʻzining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini maʼlum qilgan va chora koʻrishni soʻragan.
Ushbu holat boʻyicha shahar IIOFMB huzuridagi TB tomonidan JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
