Bugungi kunda firibgarlik eng koʻp sodir etilayotgan jinoyat turlaridan biridir. Shunday ekan, uning oldini olishda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi targʻibot tadbirlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumanida oʻtkazilgan navbatdagi tadbir ham ayni shu mavzuga bagʻishlandi. Unda tuman hokimligi oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Madina Mamatova, tuman IIB HPB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, kapitan Yoqutxon Mahammatovalar soʻzga chiqib, firibgarlik va kiberjinoyatchilikning oldini olishda nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi hamda ushbu turdagi jinoyatlarning huquqiy oqibatlari haqida soʻz yuritdilar.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan xotin-qizlarga tazyiq va zoʻravonliklardan himoyalanish toʻgʻrisida tavsiyalar ham berildi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.