Toʻraqoʻrgʻon tumani “Sharq” mahallasida yashovchi, 1996 yilda tugʻilgan fuqaro Gʻ.U. Davlatobod tumani “Quyi Rovuston” mahallasida yashovchi, 1991-yilda tugʻilgan fuqaro K.N.ning ishonchiga kirib, unga “TBC Bank” ATBdan foizsiz kredit olib berishini vaʼda qiladi. Uyali aloqa vositasi orqali uning nomiga 2 294 000 soʻm mikroqarz rasmiylashtirib, juftakni rostlab qoladi. 

Davlatobod tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida firibgar qoʻlga olinib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Bu kabi holatlar barchani ogoh boʻlishga chorlab, firibgarlar tuzogʻiga tushib qolmaslik uchun huquqiy va moliyaviy bilimimizni oshirish kerakligini yana bir bor isbotlaydi. 

Adolat FAYZIYEVA, 

oʻz muxbirimiz. 

Namangan viloyati.