Qashqadaryo viloyati IIBda oʻquv-amaliy mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda boshqarma EKM va shahar-tuman IIB ekspertlari qatnashdi.
Ikki kunlik oʻquv mashgʻulotida IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi va vazirlik Akademiyasi Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlarida ekspert xulosalari orqali isbotlash bazasini mustahkamlash, ekspertlar tomonidan yoʻl qoʻyiladigan odatiy xatoliklarning tanqidiy muhokamasini oʻtkazish, ekspertizalar tahlili natijasiga koʻra huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha kriminalistik tavsiyalar ishlab chiqish yuzasidan mashgʻulotlar tashkil etildi. Belgilangan dastur boʻyicha mavzular doirasida ishtirokchilarga atroflicha nazariy va amaliy tushunchalar berildi.
Savol-javob asosida kechgan oʻquv mashgʻuloti xodimlarning sohaga oid bilim va malakalarini yanada boyitdi.
Zafar BERDIYEV,
podpolkovnik.
Qashqadaryo viloyati.
