Jizzax viloyati IIB JXX HPB xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlar ishtirokida “Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati va davlat organlari oʻrtasida gender tengligi boʻyicha hamorlik” loyihasi doirasida seminar uyushtirildi. Tadbir “Saferworld”, “Istiqlol avlodi” hamda “Dialog” nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari tomonidan nizoga va genderga sezgirlik, yondashuvlar, baholash va tahlil qilishda ahloqiy xulq-atvor meʼyorlari kabi mavzularda maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, joriy yilning oʻtgan davrida berilgan himoya orderlari, ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga joylashtirish, ajrimlarning oldini olish tartib va tizimlari toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi. Seminar yakunida qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.