Fargʻona viloyati IIBda oʻz xizmat vazifasiga sidqidildan yondashib, yuksak kasb mahorati va fidoyilik namunasini koʻrsatib kelayotgan bir guruh xodimlarni taqdirlashga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda viloyat IIB boshligʻi, general-mayor Azizbek Ikramov ishtirok etdi.
Taqdirlash marosimida joriy yilning ikkinchi chorak yakuni boʻyicha aʼlo natijalarga erishib, hamkasblariga oʻrnak boʻlgan va «Xavfsiz mahalla – xavfsiz xonadon» maxsus kompleks tezkor-profilaktik tadbirlarini oʻtkazishda faollik koʻrsatgan xodimlar munosib ragʻbatlantirildi.
Bundan tashqari, tizimda oʻtkazilgan turli koʻrik-tanlovlar, maʼnaviy tadbirlarda faol qatnashgan xodimlar ham tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Tadbirda boshqarma boshligʻi Birinchi mintaqaviy hudud patrulʼ-post xizmati otryadi uchinchi guruh safdor-xodimi, safdor Sherzod Sirojiddinovga alohida eʼtibor qaratdi.
General 2006 yildan buyon tizimda halol xizmat qilib kelayotgan, boʻyi 2 metr 20 sm, vazni esa 150 kilo tosh bosadigan safdor bilan bilan muloqot jarayonida ana shunday alp kelbatli, jismonan baquvvat yigitlarni jamoat tartibini saqlash xizmatiga koʻproq jalb etish kerakligini taʼkiladi.
Abduvosit SIDIQOV,
oʻz muxbirimiz.
Fargʻona viloyati.
