Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov vazirlik Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari qoʻmondonligi hamda Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha alohida batalyoni shaxsiy tarkibi bilan uchrashdi.

Vazir oʻrinbosari oʻtgan davrda ichki ishlar organlari sharafli va masʼuliyatli yoʻlni bosib oʻtib, tinchlik-osoyishtalikni oʻrnatuvchi, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlovch ishonchli tizimga aylanganligini taʼkidladi. General-mayor, shuningdek, ayni paytda Oʻzbekiston xalqi mihim siyosiy jarayon oldida turganligini aytib, 24-oktabr – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida barcha munosib ishtirok etishi kerakligini qayd etdi. Saylov kuni fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan shaxsiy tarkibga vazifalar belgiladi.

Oʻz muxbirimiz.